Bolalar nevropotologiyasi

Bolalar nevropotologiyasi

ZI CLINIC’da bolalar nevropatologiyasi yo‘nalishi markaziy va periferik asab tizimi kasalliklarini erta aniqlash, aniq diagnostika qilish hamda samarali davolash va reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Klinikamizda tajribali bolalar nevrologi tomonidan rivojlanish kechikishi, DЦП (bolalar serebral falaji), autizm spektr buzilishlari, bolalar epilepsiyasi, mushak tonusi buzilishlari, gipoksik shikastlanishlar, perinatal ensefalopatiya va harakat buzilishlari bo‘yicha kompleks yondashuv asosida xizmat ko‘rsatiladi.

Har bir bemor uchun individual tekshiruv rejasi tuziladi: nevrologik ko‘rik, refleks va motor rivojlanishni baholash, zamonaviy instrumental diagnostika va klinik tahlillar asosida aniq tashxis qo‘yiladi. Davolash jarayonida medikamentoz terapiya, davolovchi massaj, LFK, sensor integratsiya, reabilitatsiya dasturlari hamda ota-onalar uchun tavsiyalar birgalikda qo‘llaniladi.

Agar siz Toshkentda bolalar nevrologi, DЦП davolash, autizm terapiyasi yoki bolalar reabilitatsiya markazi izlayotgan bo‘lsangiz, ZI CLINIC farzandingiz salomatligi va to‘liq rivojlanishi uchun zamonaviy, xavfsiz va samarali yechimlarni taklif etadi.