Shrot terapiyasi

Shrot terapiyasi — umurtqa pog‘onasi holatini yaxshilash, qomatni to‘g‘rilash va mushaklar muvozanatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan individual fizioterapevtik terapiya usuli.
Mashg‘ulot davomida mutaxassis bemorning qomati, umurtqa pog‘onasi holati va harakat xususiyatlarini baholaydi. Maxsus nafas olish texnikalari, mashqlar va individual yondashuv yordamida tana holatini to‘g‘rilash, mushaklar faoliyatini muvozanatlashtirish va harakat qulayligini yaxshilashga qaratilgan ish olib boriladi.
