Ergoterapiya

Ergoterapiya

Ergoterapiya — insonning kundalik hayotdagi faoliyati, mustaqilligi, mayda motorikasi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan reabilitatsiya yo‘nalishi.

Mashg‘ulotlar davomida mutaxassis bemorning yoshi, jismoniy va funksional imkoniyatlari hamda individual ehtiyojlarini baholaydi. Maxsus mashqlar va amaliy faoliyatlar orqali kiyinish, ovqatlanish, yozish, mayda buyumlar bilan ishlash, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va boshqa kundalik ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beriladi.